Mirena spiral: narxi, kimga mos va yon ta'sirlari

Dr. Gulbahor Jiyanova
Ginekolog, Akusher-ginekolog
Mirena — levonorgestrel gormonini oz miqdorda chiqaradigan bachadon ichi spirali. U homiladorlikdan himoya qiladi va ko'p ayollarda hayzni kamaytiradi.
Mirena qanday ishlaydi?
- Bachadon ichida har kuni oz miqdorda gormon chiqaradi
- Bachadon bo'yni shilliqini quyuqlashtiradi — spermatozoidlar o'tolmaydi
- Bachadon ichki qatlamini yupqalashtiradi — hayz kamayadi
- Samaradorligi: 99% dan yuqori
- Amal qilish muddati: bir necha yil (aniq muddatni shifokor aytadi)
Mirena kimlar uchun mos?
- Uzoq muddatli, ishonchli kontrasepsiya xohlovchilar
- Ko'p va og'riqli hayz ko'radigan ayollar
- Endometrioz yoki adenomioz bilan og'riqli hayz — shifokor tavsiyasi bilan
- Estrogenli tabletkalar mos kelmaydigan ayollar
- Emizish davrida (shifokor bilan kelishib)
Mirena kimlar uchun mos emas?
- Homiladorlik yoki shubha
- Jinsiy a'zolarning o'tkir infeksiyasi
- Sababi aniqlanmagan qon ketishi
- Bachadon yoki bachadon bo'yni saratoni
- Bachadon shaklining jiddiy o'zgarishi (katta mioma)
Mirena spiral narxi Toshkent 2026
- Narxga kiradi: spiral, konsultatsiya, o'rnatish, UZT nazorati
Aniq narx konsultatsiyada, spiral turi va tekshiruv natijalariga qarab belgilanadi.
Mirena yoki mis spiral?
- Mirena: hayz kamayadi yoki to'xtaydi, og'riq kamayadi; narxi yuqoriroq
- Mis spiral: gormon yo'q, arzonroq; hayz ilgarigiday yoki biroz ko'proq bo'lishi mumkin
Qaysi biri sizga mosligini shifokor ko'rik va UZTdan keyin tavsiya qiladi.
O'rnatish qanday o'tadi?
- Ko'rik, kerakli tahlillar va UZT
- O'rnatish odatda hayzning dastlabki kunlarida, bir necha daqiqa davom etadi
- Hayz og'rig'iga o'xshash qisqa og'riq bo'lishi mumkin
- 4–6 haftadan keyin nazorat ko'rigi va UZT
Yon ta'sirlari
Ko'pincha birinchi 3–6 oyda bo'ladi va o'tib ketadi:
- Tartibsiz, surtma qon ketishi
- Ko'krak sezuvchanligi, bosh og'rig'i
- Kayfiyat o'zgarishi, akne
- Ba'zan tuxumdon funksional kistalari
Qachon darhol shifokorga borish kerak?
- Kuchli qorin og'rig'i yoki isitma
- Spiral iplarini sezmasangiz yoki spiral chiqib ketgandek tuyulsa
- Homiladorlik belgilari
- Ko'p qon ketishi
Konsultatsiya
Mirena sizga mos-mos emasligini bilish uchun konsultatsiyaga yoziling — Telegram yoki WhatsApp orqali.
Narx va qabul vaqtini bilib oling
Telegram, WhatsApp orqali yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Barcha murojaatlar maxfiy.
Seshanba, Payshanba, Shanba: 09:00–18:00
Ko'p so'raladigan savollar
Mirena spiral Toshkentda qancha turadi?
Mirena o'rnatish og'riqlimi?
Mirena bilan hayz to'xtaydimi?
Mirenani olib tashlagandan keyin homilador bo'lish mumkinmi?
Foydali sahifalar
Ushbu maqola faqat ma'lumot maqsadida. Shaxsiy tibbiy maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.